Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatning Qirg‘iz Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi (TSA) 16,4 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan va hajmning jamisi eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatning TSA hajmida Qirg‘iz Respublikasining ulushi 7,0 % ga teng bo‘lgan.
Qirg‘iz Respublikasiga eksport qilingan mahsulotlar hajmi:
- Oziq-ovqat mahsulotlari – 8,4 mln. AQSh dollari,
- Turli xil tayyor buyumlar – 4,5 mln.,
- Sanoat mahsulotlari – 2,7 mln.,
- Nooziq-ovqat xom-ashyo – 0,4 mln.,
- Mashina va transport asbob-uskunalari – 0,4 mln.
Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar-may oylarida Xorazm viloyati xorijga umumiy qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan bo‘lsa, shundan 39,2 % Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati