07/07/2021

 Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Viloyat statistika boshqarmasining hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan izchil reja asosida tashkil qilib kelinayotgan  targ‘ibot tadbirlari davom qildirildi. Xususan, bugun, 7- iyul kuni  Xiva shahridagi “Yangi turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi, Urganch tumanidagi “Arboblar” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga   aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv  tashkil qilindi.

   O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati