06/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning  1-  yanvar holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining soni 402 tani tashkil qilib, ularga jami 58 128 nafar bog‘cha yoshidagi tarbiyalanuvchi qamrab olingan. MTT larida 5 783 nafar pedagog - xodimlar faoliyat olib borgan, shundan 29,6 % - oliy ma’lumotli, 70,4 % - o‘rta maxsus ma’lumotli.

    ? Hududlar bo‘yicha eng ko‘p maktabgacha ta’lim tashkiloti Xonqa tumani (45 ta), Urganch shahri (43 ta), Gurlan tumanida (37 ta) faoliyat olib borgan.

     ✅  Hisobot davrida viloyatda mavjud  MTT larining 68 tasi nodavlat ta’lim muassasasi bo‘lib, ularda tarbiyalanganlarning  jami  soni 4 743 nafarni tashkil qilgan.

 

                                            Axborot xizmati