25/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda   dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini samarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.

Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash  maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etilmoqda.

Bugun, 25- iyun kuni  Yangiariq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy soha tashkilotlarining mehnat hisobotlarini topshirishga mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan seminar boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Z.Bobojonov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari N.Sultonmuratova  va tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Qiziqarli savol-javob, yangi tizimni joriy etilishi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar bildirilgan seminar davomida mutaxassislar 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisobotini eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish mexanizmlari, tartibi va afzalliklari bo‘yicha atroflicha nazariy va amaliy ma’lumotlar  berishdi. SHuningdek, seminarda hisobot topshirishning bu usuli tizimda har qanday korrupsiya bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi alohida uqtirildi.