25/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning  1- iyun holatiga viloyatda 3 958 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda ularning soni 689 taga yoki 21,1 % ga oshgan.

 Joriy yilning yanvar-may oylarida  viloyatda 488 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan.  

  Sanoat sohasida 3 924 ta oilaviy korxona faoliyat olib bormoqda.

  Sohadagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 68 tani tashkil qilgan.

 Hududlar kesimida eng ko‘p sanoat korxonasi  Urganch shahrida  faoliyat ko‘rsatib, ularning soni hisobot davrida 5 178 taga etgan.

                                                                           Axborot xizmati