Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida 860,3 mlrd. so‘mlik bino va inshootlar qurilishi amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 68,8 % ni tashkil qilgan.
May oyida qurilgan bino va inshootlarning hajmi 193,8 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida hududlar bo‘yicha bino va inshootlar qurilish hajmi:
- Urganch shahri – 183,7 mlrd.so‘m,
- Urganch tumani – 78,1 mlrd.so‘m,
- Xiva tumani – 71,4 mlrd.so‘m,
- Xiva shahar- 68,6 mlrd.so‘m,
- Xonqa tumani – 65,4 mlrd.so‘m,
- Yangiariq tumani – 61,8 mlrd.so‘m,
- Shovot tumani – 56,9 mlrd.so‘m,
- Yangibozor tumani – 54,6 mlrd.so‘m,
- Qo‘shko‘pir tumani – 50,5 mlrd.so‘m,
- Bog‘ot tumani – 49,1 mlrd.so‘m,
- Gurlan tumani – 46,7 mlrd.so‘m,
- Hazorasp tumani – 44,0 mlrd.so‘m,
- Tuproqqal’a tumani – 29,5 mlrd.so‘m.
Axborot xizmati