25/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 4 214,6 mlrd.so‘mni tashkil qilib, jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 95,7 % ga teng bo‘lgan.

   Ishlab chiqaradigan sanoatda eng yuqori ulushga ega mahsulotlar:

  • avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar – 43,7 %,
  • to‘qimachilik mahsulotlari – 25,8 %,
  • oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar – 17,7 %.

  Ma’lumot uchun: hisobot davrida viloyat avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 22 799,0 dona “Damas” engil avtomobili va 5 016,0 dona  “Labo” maxsus engil avtomobili ishlab chiqarilgan.

                                                          Axborot xizmati