25/06/2021

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va amalga oshirilish mexanizmlarini aholiga etkazish  shu kunda statistika idoralari xodimlari oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.

 Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun,  25- iyun kuni aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari Yаngiariq tumani xalq ta’limi  va Bog‘ot tumani moliya bo‘limlarida, Urganch shahridagi “Mustaqillik”, Yаngibozor tumanidagi “Pahlavon Mahmud”, Xonqa tumanidagi “Do‘stlik”, Gurlan tumanidagi “Madadkor” mahalla fuqarorlar yig‘inlarida,  Shovot tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda  “Yangi Burloq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari  davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati