Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida 2021- yilda Xorazmda umumiy qiymati qariyb 190 mln. dollarga teng bo‘lgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
- «Xorazm viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi – umumiy qiymati 74,64 mln. dollar.
Shundan:
60 mln. dollar (80,4 foiz) ETTB mablag‘lari;
14,6 mln. dollar (19,6 foiz) davlat byudjeti mablag‘lari.
- «Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish» loyihasi – umumiy qiymati 114,5 mln. dollar
Shundan:
90 mln. dollar (78,6 foiz) ETTB mablag‘lari;
24,5 mln. dollar (21,4 foiz) davlat byudjeti mablag‘lari.