24/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali  viloyat statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda Xiva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan (http://vacancy.argos.uz/) ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozim bo‘yicha so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar 2021- yil 23-  iyundan 2-  iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.