23/06/2021

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish , avvalo, keng miqyosdagi targ‘ibot ishlariga tayanadi. Aholining barcha qatlamlariga tadbirning mazmun-mohiyatini etkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli kattadir. Shu asosda viloyatda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat teleradiokanallari , gazeta va jurnallar  bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Yangiariq sadosi” gazetasi sahifalarida  muntazam ravishda tuman statistika bo‘limi mutaxassislarining chiqishlari  yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun, 23- iyun kuni Yangiariq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Yusupova  tahririyat xodimlari  bilan aholini ro‘yxatga olishni targ‘ib etish tadbirlari doirasida gazetada targ‘ibot materiallarini kengroq yoritishda o‘zaro hamkorlikda bajariladigan galdagi vazifalarni  muhokama etishdi. Shu qatorda, gazetaning har sonida bevosita shu mavzulardagi chiqishlarni berib borishga kelishib olindi.

                                                                                Axborot xizmati