23/06/2021

Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan  aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va amalga oshirilish mexanizmlarini aholiga etkazish bo‘yicha qizg‘in targ‘ibot ishlari  amalga oshirilmoqda.

Bugun,  23- iyun kuni aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida  Bog‘ot tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, Gurlan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan idora va tashkilotlarning bosh hisobchilari, Tuproqqal’a tumanidagi 4- son MTT tarbiyachilari, Urganch tumanidagi “Uchko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida hamda Kadastr agentligi Hazorasp tumani bo‘limida davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari  davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati