22/06/2021

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi 25- iyun kuni chaqiriladi. Parlament yuqori palatasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu haqdagi qaror 21-  iyun kuni bo‘lib o‘tgan Senat Kengashi majlisida qabul qilindi.

Yalpi majlisda:

“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi,

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi,

“Sudlar to‘g‘risida”gi,

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining qator tuman va shaharlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi muhokama qilinadi.