22/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021-  yilning 1-  iyun holatiga viloyatda  ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 3 239,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. 2020-  yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 124,8 % ni, hajmning o‘sishi 872,9 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan.

         ✅  Hisobot darida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 708,5 ming so‘mni tashkil qilgan.

          ? Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra  2020- yilning mos davriga nisbatan bozor xizmatlarining     eng yuqori o‘sish sur’atlari :

  • me’morchilik, muhandislik izlanishlari,texnik sinovlar va tahlil sohasida – 167,5 % ,
  • ijara xizmatlarida– 141,8 %,
  • shaxsiy xizmatlarda – 134,9 %,
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarida – 139,3 % ni tashkil qilgan.

 

                                                          Axborot xizmati