22/06/2021

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, ushbu xalqaro  tashkilotga a’zo davlatlar har 10 yilda o‘z hududida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi maqsadga muvofiq deb belgilangan. Shunga asosan  mamlakatimizda 2023- yilda  o‘tkaziladigan ushbu keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega tadbirga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan qizg‘in targ‘ibot ishlari  tashkil qilingan.

Joriy yilning 21- iyun kuni aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida Urganch shahri va Xonqa tumanida joylashgan korxona va tashkilotlar bosh hisobchilari uchun seminar tashkil etildi. Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘ini  xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️ Mazkur targ‘ibot tadbirlari  davomida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati