Mamlakatimizda shu yilning 5- aprel sanasidan boshlab multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlari o‘tkazila boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 21- iyun kunidan mazkur kuzatuvlar Xonqa tumanida boshlandi. Kuzatuvlarni olib borayotgan ishchi guruhining ilk manzili tumandagi “Madaniy yer” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mazkur hududda tanlanma kuzatuvlar uy xo‘jaliklari ahvoli, 15-49 yoshdagi ayollar hamda 5-17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy va ijtimoiy holatini o‘rganishga qaratilgan savolnomalar asosida individual so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati