18/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlari va xorijdan tashrif buyuruvchilarni jamoaviy joylashtirish vositalari (mehmonxona, mehmon uylari) 139 tani tashkil qilgan.

Shundan:

  • Mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari – 82 ta,
  • Ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari (sanatoriy,profilaktoriy) – 18 ta,
  • Individual joylashtirish vositalari (mehmon uylari) – 33 ta,
  • Boshqa turlari – 6 ta.

 Hisobot davrida mehmonxonalarga 22 269 nafar, ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalariga 3 033 nafar, mehmon uylariga 1 038 nafar tashrif buyuruvchi joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun: viloyatda 2020-  yil yakunlari bo‘yicha 1 ta - 4 yulduzli, 8 ta - 3 yulduzli, 1 ta - 2 yulduzli va 68 ta toifasiz mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatgan.

 

                                                          Axborot xizmati