17/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra,  2021-  yilning 1- iyun holatiga viloyatda 21 688 ta kichik biznes subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 20 327 tasi yoki  93,7 %  faoliyat yuritmoqda. Shundan kichik korxonalar soni – 1 058 tani, mikrofirmalar soni – 19 269 tani tashkil qilgan.

Viloyat bo‘yicha eng ko‘p kichik tadbirkorlik subyektlari Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatib, hisobot davrida ularning soni 4 462 taga etgan.

              ?  Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik  biznes subyektlarining iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha  soni:

  • savdoda – 1 473 ta,
  • sanoatda – 808 ta,
  • qurilishda – 484 ta,
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha – 435 ta
  • tashish va saqlash xizmatlari sohasida – 237 ta,
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 78 ta,
  • aloqa va axborotlashtirish sohasida – 51 ta,
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 37 ta.

 

                                                          Axborot xizmati