Bugun, 16- iyun kuni viloyat hokimi Farhod Ermanov qozog‘istonlik investorlarni qabul qildi. ”Astana diplomatik klubi” jamoat birlashmasi tashabbusi bilan viloyatimizga tashrif buyurgan tadbirkorlar hududda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Uchrashuvda Qozog‘istondagi chorvachilik xo‘jaliklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan viloyatimizdagi ”Zamin” fermer xo‘jaligi erishayotgan natijalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, zotdor qoramollarni olib kelish, go‘sht etishtirish yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati