Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir meyyoriy-huquqiy hujjatlarda tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida jamoatchilikning barcha qatlamlari o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish nazarda tutilgan. Shu boisdan tayyorgarlik jarayonining 1-bosqichi davomida turli tashkilot va muassasalarda Xorazm viloyati statistika idoralari xodimlari tomonidan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
Bugun, 16- iyun kuni shu kabi tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tdi. Xususan, Yangibozor tumanining maktabgacha ta’lim bo‘limi, Tuproqqal’a tumanidagi 5-son MTT hamda Hazorasp tumanidagi 18-son MTT da o‘tkazilgan tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati