16/06/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-aprel oylarida   Urganch tumanining tashqi savdo aylanma  (TSA) si  11,7 mln. AQSh dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 101,3 % ga teng bo‘lgan.    

TSA tarkibida eksport hajmi 4,8 mln. (2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,1 %) , import – 6,9 mln. AQSh dollari ( 87,6 %) ni tashkil etgan.

Urganch tumanidan xorijga eksport qilingan mahsulot (xizmat) lar hajmi: ?

  • Xizmatlar – 1 037,1 ming AQSh dollari,
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 912,5 ming,
  • Kimyo mahsulotlari va plastmassa – 56,7 ming,
  • Energiya manbalari – 33,4 ming,
  • Boshqalar – 2 792,0 ming.

          Import tarkibi:

  • Mashina va uskunalar – 1 793,5 ming AQSh dollari,
  • Kimyo mahsulotlari va plastmassa – 576,5 ming,
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – 445,1 ming,
  • Energiya manbalari – 266,6 ming,
  • Qora metall – 16,2 ming,
  • Boshqalar – 3 760,8 ming.

                                                                                   Axborot xizmati