Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda 25 012 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2020- yilning shu davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 114,3 % ni tashkil qilgan.
Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning 23 484 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan soni 3 244 taga yoki 16,0 % ga oshgan.
2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 017 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Axborot xizmati