Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy hajmi 1 198,7 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jami xizmatlar hajmidagi ulushi 63,5 % ni, 2020- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 106,0 % ni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida kichik tadbikorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi:
- Urganch shahri – 341,1 mlrd.so‘m,
 - Urganch tumani –124,7 mlrd.so‘m,
 - Hazorasp tumani – 85,0 so‘m,
 - Xonqa tumani – 83,8 mlrd.so‘m,
 - Gurlan tumani – 81,9 mlrd.so‘m,
 - Bog‘ot tumani – 75,9 mlrd.so‘m,
 - Shovot tumani – 71,1 mlrd.so‘m,
 - Qo‘shko‘pir tumani – 70,8 mlrd.so‘m,
 - Xiva tumani – 61,8 mlrd.so‘m,
 - Yangiariq tumani – 60,4 mlrd.so‘m,
 - Xiva shahar – 58,9 mlrd.so‘m,
 - Yangibozor tumani – 54,9 mlrd.so‘m,
 - Tuproqqal’a tumani – 28,4 mlrd.so‘m.
 
Axborot xizmati



