Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat xorijga qiymati 18,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. 2020- yilning shu davriga nisbatan (8,4 mln AQSh dollari) eksport hajmi 2,3 marta oshgan.
Hisobot davrida MDH davlatlariga 14,8 mln., boshqa xorijiy davlatlarga 4,1 mln. AQSh dollariga teng oziq- ovqat mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
Hududlar kesimida ushbu mahsulotlar eksportining eng yuqori ko‘rsatkichi YAngiariq tumanida qayd etilgan va 4,8 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksportida boshqa etakchi hududlar:
- Qo‘shko‘pir tumani – 2,9 mln,
- Gurlan tumani – 1,9 mln.,
- Bog‘ot tumani – 1,7 mln.,
- Urganch shahri – 1,4 mln. AQSh
Axborot xizmati