Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- choragida viloyat sanoat korxonalari tomonidan 2 455,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmida kichik tabdirkorlik subyektlarining ulushi 19,8 % ni, ishlab chiqarish hajmi 487,4 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi:
- Xiva shahri – 100 %,
- Xiva tumani – 100 %,
- Urganch tumani – 53,2 %,
- Bog‘ot tumani – 38,2 %,
- Xonqa tumani – 30,3 %,
- Yangiariq tumani – 27,7 %,
- Gurlan tumani – 27,6 %,
- Shovot tumani – 27,1 %,
- Urganch shahri – 25,4 %,
- Hazorasp tumani – 20,8 %,
- Qo‘shko‘pir tumani – 18,5 %,
- Yangibozor tumani – 17,9 %,
- Tuproqqal’a tumani – 3,2 %.
Axborot xizmati