12/10/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning targʻiboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi shu kabi seminar 12-sentabr kuni tashkil etildi.

Seminar davomida "Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-190-sonli Prezident Farmonining asosiy maqsadlari hamda “Oliy taʼlimda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmon boʻyicha boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda tarmoq boʻlimlari va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining boshliqlari hamda xodimlari (onlayn) ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati