07/10/2026

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Tuproqqalʼa tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 8,8 trln soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich viloyat sanoatining 31,9 % ulushiga teng.

2025-yilning yanvar-avgusti bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 95,6 % ni tashkil qilgan.

Tumanda koʻrilayotgan davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 140 767,5 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati