28/09/2026

2026-yilning 1-sentabr holatiga viloyatimizda tashish va saqlash xizmatlari sohasida 1 268 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan boʻlib, ularning 1 254 tasini  (98,9 %ini) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

Hududlar orasida tashish va saqlash xizmatlari boʻyicha eng koʻp kichik tadbirkorlik subyekti Hazorasp tumani (392 ta), Urganch shahri (204 ta), Xonqa tumani (147 ta) va Urganch tumanida (115 ta) faoliyat koʻrsatgan.

 

Axborot xizmati