16/09/2026

"Statistikani rivojlantirish - 2030" milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident Farmonining asosiy maqsadlari:

  • aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy hamda qishloq xoʻjaligi statistikasini takomillashtirish;
  • Milliy statistika tizimini kelgusi 5 yilda xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan strategiyani tasdiqlash;
  • 2030-yilga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot yukini 20 foizga qisqartirish;
  • rasmiy statistikani shakllantirishda foydalaniladigan maʼmuriy va muqobil maʼlumotlar manbalari sonini 2030-yilga qadar 1,7 baravarga oshirish;
  • kelgusi 5 yil davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hisobiga maʼlumotlarga ishlov berish muddatini 20 foizga qisqartirish va bir maʼlumot uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini 25 foizga maqbullashtirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2026-2027-yillarda biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish va multiindikator klaster kuzatuvlarining 7-raundini oʻtkazish.