16/09/2026

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Xiva tumanida 805,1 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, umumiy hajmning 52,5 %i yirik qurilish tashkilotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ular tomonidan koʻrilayotgan davrda 422,7 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2025-yilning mos davri bilan taqqoslaganda, ushbu hajm 3,4 marta oshgan.

Tumandagi qurilish ishlari jami hajmida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 35,6 % ni, norasmiy sektorning ulushi esa 11,9 % ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati