2026-yilning 7 oyida viloyatimizda suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 162,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarishi tarkibida ushbu tarmoqning ulushi 0,7 % ni takshil qildi.
2025-yilning mos davriga nisbatan tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlar 2,4 % ga koʻpayganligi, oqova suvlarni yoʻqotish, transportirovka qilish va ishlov berish boʻyicha xizmatlar 15,6 % ga kamayganligi, xavfsiz chiqindilarni yigʻish boʻyicha xizmatlar 47,4 % ga oshganligi kuzatildi.

Axborot xizmati



