11/09/2026

Joriy yilning 11-sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminarda  “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-228- sonli  Prezident Qarori va “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”  Prezident Farmoni xususida maʻlumot berildi.

 

Axborot xizmati