2026-yilning yanvar-iyul oylarida Urganch shahrida jami hajmi 1 454,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 131,9 % ni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining 14,1 %ini tashkil qiladi.
Qurilish ishlari tarkibida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi yuqori boʻlib, ular tomonidan koʻrilayotgan davrda 948,1 mlrd soʻmlik, yaʼni umumiy hajmning 65,2 %ini tashkil qilgan ishlar bajarilgan.
Shuningdek, qurilish ishlarining 308,1 mlrd soʻmi (21,2 %i) yirik tashkilotlar, 198,7 mlrd soʻmi (13,6 %i) esa norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri keladi.

Axborot xizmati



