09/09/2026

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida xorijga 98,0 mln AQSH dollarilik sanoat tovarlari eksport qilindi.

Bu jami eksportning 31,8 % ulushini tashkil etadi.

2025-yilning 7 oyi bilan taqqoslaganda, eksport hajmi 96,9 % ga oʻsdi.

Eng koʻp sanoat tovarlari eksport qilingan davlatlar:

Rossiya – 35,1 mln dollar

Qozogʻiston – 32,4 mln dollar

Turkiya – 16,1 mln dollar

Xitoy – 3,1 mln dollar

Qirgʻiziston – 2,1 mln dollar.

 

Axborot xizmati