Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda:
isteʼmol narxlari indeksi — 103,3 foiz (2025-yilning dekabr oyiga nisbatan)
sanoat ishlab chiqarishi 8,3 foizga oʻsdi
qurilish ishlari hajmi 28,5 foizga oʻsdi
chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 25,9 foizga oʻsdi
bozor xizmatlari hajmi 17,9 foizga oʻsdi
tashqi savdo aylanmasi hajmi 7,2 foizga oʻsdi
2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda 29 719 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) faoliyat yuritmoqda, shundan 26 224 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir.

Axborot xizmati



