28/08/2026

Joriy yilning 28-avgustida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda ishtirokchilar “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (2017- yil 3- yanvar, OʻRQ-419-son) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan yana bir marotaba tanishtirildi.

Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024- yil 5- iyundagi PQ-210-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, mamlakatimiz qonunchiligida avgust oyida yangi qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni boʻyicha axborot berildi.

 

Axborot xizmati