Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmonlariga asosan viloyatimizdan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlari qatorida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A.R.Oʻtamuratov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari X.Egamov, boʻlim boshliqlari K.Kuryazov, T. Xodjayev va bosh mutaxassis N.Samandarovalar ham bor.
Bugun viloyat hokimligida mukofotlanganlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Hamkasblarimizni bu yuksak eʻtirof bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatiga rivoj tilaymiz.


Axborot xizmati



