27/08/2026

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizning chakana savdo tovar aylanmasi (12 869,6 mlrd soʻm) tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 93,5 % ni tashkil etdi.

Ushbu sektorda amalga oshirilgan savdo aylanmasi 12 033,6 mlrd soʻmni  (oʻsish surʻati 123,5 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 676,2 mlrd soʻmni (oʻsish surʻati 132,8 %) tashkil qildi.

Umumiy chakana savdo aylanmasining 836,0 mlrd soʻmi (6,5 % ulushi) esa yirik korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 171,9 %).

 

Axborot xizmati