Shu kunlarda mamlakatimizda mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanmoqda.
1-sentabr davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab bergan, tom maʼnoda vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi ramziga aylangan sana hisoblanadi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi ostida nishonlanayotgan qutlugʻ bayramga bagʻishlab tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi A.Oʻtamuratov butun jamoani mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi. Shu bilan bir qatorda statistika tizimida koʻp yillardan buyon samarali va fidokorona mehnat qilib, statistika ishlarini tayyorlash dasturining bajarilishiga munosib hissasi qoʻshib kelayotgan bir guruh faol xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


Tadbir davomida butun jamoa uchun bayram dasturxoni yozilib, davlatimiz, xalqimiz, yurtimizning yanada yuksalishiga bagʻishlab ezgu niyatlar bildirildi.

Axborot xizmati



