19/08/2026

2026- yilning yanvar-iyun oylarida Shovot tumanida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 1 453,6 mlrd soʻmni tashkil etgan va oʻtgan yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 2,4 % ga oshgan.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 37,3 % ini dehqonchilik, 62,7 % ini chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tumandagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 57,9 %i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan.

 

Axborot xizmati