14/08/2026

Joriy yilning 14-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilariga yaqinda qabul qilingan 2 ta muhim hujjat - “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-1155-sonli hamda “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1162-sonli Qonunlari  boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.

Seminarda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning ijrosi yuzasidan boshqarma hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarga masʼuliyat bilan yondoshishi zarurligi yana bir marotaba taʼkidlandi.

 

Axborot xizmati