Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 1 075 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.
Har 1000 aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi.
Hududlar boʻyicha eng koʻp ajralishlar Hazorasp tumani (149 ta), Urganch tumani (127 ta) va Urganch shahrida (125 ta) qayd etilgan.
2025-yilning 6 oyi bilan taqqoslaganda, viloyatda nikohdan ajralishlar soni 106 taga yoki 10,9 % ga koʻpaygan.

Axborot xizmati



