2026- yil 6 oyida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan ovlangan baliq hajmi 12,6 ming tonnani tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 34,1 % ga oshdi.
Xoʻjaliklar kesimida eng koʻp baliq fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boʻlib, 8,8 ming tonnani yoki jamiga nisbatan 69,3 % ulushni tashkil qildi.
Shuningdek, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 0,6 ming tonna, qishloq xoʻjaligini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 3,2 ming tonna baliq yetishtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida: respublikada koʻrilayotgan davrda 75,3 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, shundan 16,7 %i viloyatimiz hissasiga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati



