04/08/2026

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Hazorasp tumani statistika boʻlimi boshligʻi  boʻsh ish oʻrniga tanlov eʼlon qiladi.

  Malakaviy talablar: Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim. 

 Ish haqi  5 000 000 soʻmdan 10 000 000 gacha.

 Sharoitlar:
 
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq toʻliq bandlik;
- oʻz malakasini oshirish va xorijiy tillarni oʻrganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan toʻliq taʻminlanganlik.
 
 Nomzodlar rezyumelarini (mutaxassislik diplomi nusxasi bilan) https://hh.uz/vacancy/135591503   sayti orqali joʻnatishlari mumkin.

 Murojaat uchun manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri al-Xorazmiy koʻchasi 93-uy,  viloyat statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish boʻlimi, tel raqami: +99897 517 09 30. 



Axborot xizmati