04/08/2026

2026- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6 905,7 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 49,1 % ni tashkil etdi.

Oʻsish surʻati 2025- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 91,9 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Qoʻshkoʻpir (98,2 %), Shovot (96,1 %), Yangibozor (95,5 %) va Yangiariq (95,4 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

 

 Axborot xizmati