2026- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 12 951,8 mlrd soʻmni (umumiy hajmidagi ulushi 98,3 %) tashkil etdi.
2025- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 6,1 % oʻsish kuzatilgan.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Hazorasp tumani (99,5 %), Xiva shahri (99,5 %), Shovot (99,2 %) va Gurlan (99,0 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

Axborot xizmati



