2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga xorijdan qiymati 250,6 mln AQSH dollarilik tovar (xizmatlar)ni import qilingan.
2025- yilning mos davriga nisbatan importning oʻsish surʼati 98,9 % ni tashkil qildi.
Import tarkibida eng katta ulushga ega mahsulotlar:
mashinalar va transport asbob-uskunalari - 25,3 %
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 22,5 %
xizmatlar - 20,9 %
nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari) - 13,9 %
sanoat tovarlari - 5,2 %
kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar - 5,0 %.

Axborot xizmati



