23/07/2026

Bugun viloyat statistika boshqarmasida Yoshlar kuni doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.



 Unda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari K.S.Bekchanov ishtirok etdi.

 Muloqot davomida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik qilish tashabbuslarini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

 Uchrashuvda boshqarma yoshlari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, muammolarni bartaraf etish, ularga ijobiy yechim topish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar tushuntirildi.



 Shuningdek, tizimdagi yosh kadrlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni ijtimoiy himoya qilish, ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanishga koʻmaklashish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.



Axborot xizmati