2026- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning ulgurji savdo tovar aylanmasi 6 012,3 mlrd soʻmni tashkil etib, 2025- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 12,6 % ga oʻsdi.
Bunda kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi 94,3 % ni (5 671,9 mlrd soʻmni) tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: 2026-yil 1-iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 668 tani tashkil etib, shundan, faoliyat koʻrsatayotgan yirik korxonalar soni 34 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 634 tani tashkil qildi.

Axborot xizmati



