16/07/2026

2026-yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda 3 786 ta korxona va tashkilot qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritgan boʻlib, shundan 3757 tasini (99,2 %ini) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

Sohada eng koʻp kichik biznes subyekti quyidagi hududlarda faoliyat yuritgan:

 

Gurlan tumanida – 557 ta

Qoʻshkoʻpir tumanida – 405 ta 

Xonqa tumanida – 397 ta

Bogʻot tumanida – 376 ta 

Yangiariq tumanida – 360 ta.

 

Axborot xizmati